Жасурбек Мирзажонов - Bezdim dunyo ishidan

  • Формат: mp3
  • Размер: 8.88 Mb
  • Длительность: 3:52
  • Битрейт: 320 kbps
  • Добавлено: 02-11.2023
  • Жанр музыки: Народная
Слушать
Скачать

Текст песни


Jasurbek Mirzajonov:

Dardlarga yetib borgan
Nola bo‘lib qolsaydim
Yana o‘sha beg‘ubor
Bola bo‘lib qolsaydim

Hamma joyim loy qilib
Tayoqlardan toy qilib
Kulcha nondan oy qilib
Bola bo‘lib qolsaydim

Ey sinfdosh do‘stlarim
Ko‘zdan oqar yoshlarim
Eslab yoshlik chog‘larim
Bola bo‘lib qolsaydim (2x)

Onam erkalab suygan
Otam opichlab yurgan
Endi oltiga kirgan
Bola bo‘lib qolsaydim

Hech bitmas dunyo g‘ami
Kim musofir yurtdami?
Sinfdoshlar esdami?
Bola bo‘lib qolsaydim

Bezdim dunyo ishidan
Ham yolg‘onchi kishidan
Charchadim tashvishidan
Bola bo‘lib qolsaydim

Eng go‘zal dam yoshligim
Sho‘xlik-u beboshligim
Qayda qalam qoshligim?
Bola bo‘lib qolsaydim

Ey sinfdosh do‘stlarim
Ko‘zdan oqar yoshlarim
Eslab yoshlik chog‘larim
Bola bo‘lib qolsaydim (2x)
...